RU EN UZ
Barcha yangiliklar
FIDIC OSH Infratuzilma

FIDIC OSH'ning birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi

FIDIC OSH'ning birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi

Ishtirokchilar FIDIC shartnomalarini qo'llash, Muhandis roli, qurilish sifati va FIDIC Club tashkil etish tashabbusini muhokama qildilar.

Toshkentda FIDIC OSH professional hamjamiyatining birinchi uchrashuvi — infratuzilma sohasi mutaxassislari uchun ochiq muloqot maydoni bo’lib o’tdi. Uchrashuv buyurtmachilar, maslahatchi muhandislar, pudratchilar va xalqaro shartnoma proformalari bilan ishlaydigan yuristlar vakillarini birlashtirdi.

Muhokama davomida ishtirokchilar nafaqat FIDIC shartnomalarini qo’llash masalalarini, balki mutaxassislar har kuni duch keladigan amaliy muammolarni ham ko’tarib chiqdilar: shartnomalarni boshqarish, Muhandisning roli va mustaqilligi, qurilish sifati, jarayonlarni tartibga solishdagi ayrim bo’shliqlar hamda professional tajriba almashinuvining yetishmasligi.

Uchrashuvning asosiy natijalaridan biri FIDIC Club — infratuzilma shartnomalari sohasidagi ekspertlarni birlashtiruvchi professional hamjamiyatni tashkil etish tashabbusi bo’ldi. Klubning maqsadi — FIDIC’ni qo’llash madaniyatini shakllantirish, real keyslar bilan o’rtoqlashish va Markaziy Osiyoda soha kompetensiyalarini rivojlantirish.

Mazmunli va ochiq muloqot uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Bu faqat boshlanishi — oldinda yangi uchrashuvlar, keyslar tahlili va mintaqada shartnoma amaliyotining yetukligi ustida hamkorlikdagi ish kutmoqda.

FIDIC OSH — Birinchi uchrashuv